Bugun 6 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Termizdagi yangi qurilgan uyning tashqi devor yon tomoni kuchli shamol ta’sirida ko‘chib tushdi

Termizdagi yangi qurilgan uyning tashqi devor yon tomoni kuchli shamol ta’sirida ko‘chib tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Termizdagi yangi qurilgan domning devori shamoldan ko‘chib tushdi» mavzusidagi video tarqaldi.

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan mazkur holat nazoratga olindi, deya xabar beradi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati.

Ma’lumot uchun, Termiz shahri «Guliston» MFY hududidagi 5 qavatli 20 xonadonli turar joyning tashqi devor yon tomonidan 35-40 metr-kvadrat qismi kuchli shamol ta’sirida ko‘chib tushgan.

Hozirda buyurtmachi-pudratchi tashkilot «Termiz qurilish industriya sanoat» IK tomonidan muammoni bartaraf etish maqsadida barcha kerakli qurilish materiallari olib kelingan va tegishli ishlar olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:30 16.12.2024. O'qildi: 1053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!