Bugun 22 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Termiz tuman sudi sudya yordamchisining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

Termiz tuman sudi sudya yordamchisining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

➡️Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining sudya yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda mazkur tuman sudida ko‘rilayotgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan yengillik yaratib berishi evaziga dastlab 500 ming so‘m pul mablag‘ini olib, qo‘shimcha ravishda 800 AQSh dollari talab qiladi.

🚨Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi o‘zining qarindoshi vositachiligida 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:11 19.09.2025. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!