O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Termiz shahrida joylashgan "U. O. G." MCHJga qarashli oshxonada hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 200 million so‘mlik zarar yetkazilganini ma’lum qildi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.