O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz shahrida "T.M.C." MCHJga tegishli to‘yxonaning elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 231,9 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.