DASTLABKI TERGOV — sudgacha tergov yo‘li bilan dalil to‘plash. Dastlabki tergov davomida jinoyat va jinoyatchini aniqlash, ishni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatli bo‘lgan xdmma holatlar bo‘yicha dalillar yig‘iladi va tekshiriladi, muayyan shaxsni jinoyatni sodir qilganlikda ayblov masalasi hal etiladi. Surishtiruv o‘tkazilgan ishlar bo‘yicha Dastlabki tergov surishtiruv tugallanganidan keyin olib boriladi. O‘zbekiston JPK bo‘yicha, Dastlabki tergov majburiy bo‘lib, u barcha jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tkazilishi shart. Dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi, uni prokurorlar qam o‘tkazishi mumkin. Jinoyat qayerda sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat ishi o‘sha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli bo‘ladi. Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalari, jamoalar va aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar xaqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni ko‘rsatishni so‘rab, murojaat etadi. Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga kura, ayrim tergov harakatlarida ish-tirok etish uchun o‘z oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin, ularga nisbatan tegishli prosess ishtirokchilarining huquklari va burchlari to‘g‘risidagi qoidalar to‘liq tatbiq etiladi. Dastlabki tergov boshlanishida tergovchi jinoyat ishini qo‘zg‘atib, uni o‘z ish yurituviga oladi va bu hakda ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi qarorga yozib qo‘yadi. O‘zR JPKga binoan, Dastlabki tergov jinoyat ishi qo‘zg‘a-tilgan kundan boshlab, ikki oydan osh-magan muddatda tamomlanishi lozim.
Shuningdek, har bir tergovchi o‘z yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan o‘zi bajarishga yoxud uni o‘tkazishni boshqa tergovchiga yoki surishtiruvchiga topshirishga haqlidir. Tergovchining topshirig‘ida ijro etuvchi uchun majburiy bo‘lgan ijro muddati ko‘rsatiladi. Tergovchining topshirig‘ini bu muddat ichida ijro etishning iloji bo‘lmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan tergovchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi to‘g‘risida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning ko‘rsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi. Jinoyat ishini boshqalarga o‘tkazish Jinoyat ishini bir tergov bo‘linmasi doirasida bir tergovchidan boshqa tergovchiga o‘tkazish shu tergov bo‘linmasining rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Ishni bir tergov bo‘linmasidan boshqasiga o‘tkazish yuqori tergov bo‘linmasining boshlig‘i tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi. Ishni bir dastlabki tergov organidan boshqasiga o‘tkazishga prokurorning qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi. Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga ko‘ra, jinoyat ishi yoxud uning materiallari sudda yo‘qolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga yuboriladigan sud ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi. Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin bo‘lgan saqlab qolingan ko‘chirma nusxalari bo‘yicha va prosessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Agar yo‘qolgan jinoyat ishi bo‘yicha qamoqda saqlashning yoki uy qamog‘ining oxirgi muddati tugagan bo‘lsa, ayblanuvchi darhol ozod qilinishi kerak. Dastlabki tergovda jamoatchilikning ishtiroki Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalariga, jamoalarga, aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar haqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni ko‘rsatishni so‘rab murojaat qiladi. Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga ko‘ra, ayrim tergov harakatlarida ishtirok etish uchun o‘z oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin. Jamoatchilik vakillari bo‘lmish xolislarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli prosess ishtirokchilarining huquqlari va burchlari to‘g‘risidagi qoidalari to‘liq tatbiq etiladi. Dastlabki tergovning boshlanishi Tergovchi jinoyat ishini qo‘zg‘atib, uni o‘z ish yurituviga oladi va bu haqda ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi qarorga yozib qo‘yadi. Basharti tergovchiga oldin qo‘zg‘atilgan ish berilgan bo‘lsa, u ishni o‘z yurituviga olganligi to‘g‘risida qaror chiqaradi, shundan so‘ng dastlabki tergovni boshlaydi. Dastlabki tergov muddatlari. Dastlabki tergov jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab uch oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim. Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular bo‘yicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qo‘shimcha ravishda hisobga olinmaydi. Alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat bo‘yicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan bo‘lsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi. Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituvga ajratilgan bo‘lsa, o‘sha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi. Ish ayblov xulosasi bilan, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni dastlabki tergov tamomlangan hisoblanadi.