Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Temur Kapadzega da’vogar bor!

Temur Kapadzega da’vogar bor!

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh ustozi hamda hozirda yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin. Bu haqda Goal Media nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Indoneziya futbol federasiyasi yaqinda iste’foga chiqarilgan niderlandiyalik mutaxassis Patrik Klyuyvert o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda. Kapadzedan tashqari yana ikki murabbiy nomzodini ko‘rib chiqilmoqda.

Ular yaqin vaqt ichida germaniyalik Tomas Doll (ilgari Indoneziyaning “Persiya Jakarta” klubini boshqargan), Iroq terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, ispaniyalik mutaxassis Xesus Kasas hamda Temur Kapadze o‘rtasida tanlov qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Indoneziya terma jamoasi 2025-yilning 16 oktyabr kuni Patrik Klyuyvert bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilgan edi. Bunga Indoneziya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati 4-saralash bosqichida Saudiya Arabistoni (2:3) hamda Iroq terma jamoalariga (0:1) imkoniyatni boy berib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagani asosiy sabab sifatida ko‘rsatildi.

Kiritildi: 23:39 16.10.2025. O'qildi: 858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!