Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Temir gumbaz” qandaydir cho‘pchakka o‘xshaydi

“Temir gumbaz” qandaydir cho‘pchakka o‘xshaydi

Eron o‘tgan kecha Isroildagi harbiy nishonlarga yuzdan ortiq raketa uchirdi. Bu o‘tgan hafta Bayrutda Isroil tomonidan amalga oshirilgan suiqasd hujumida «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh va Eron Inqilobiy gvardiyasi korpusi qo‘mondoni Abbos Nilforushan o‘ldirilgani uchun qasos edi.

Eron o‘z raketalarining 90 foizi nishonga yetib borganini da’vo qilmoqda. Bu raqamni tasdiqlash yoki rad etish imkonsiz, chunki Isroil harbiylari zarba joylashuvi va zarar haqidagi ma’lumotlarni yashirmoqda. Biroq yerda portlashlar va raketalar tushgan joylardagi kraterlarni ko‘rsatuvchi videolar sizdirildi. Bu esa raketalarning Isroilning "Temir gumbaz" deb ataladigan mudofaa tizimi tomonidan to‘xtatilmaganini anglatadi.

Demak, “Temir gumbaz”, xuddi Isroil haqidagi boshqa narsalar kabi, qandaydir cho‘pchakka o‘xshaydi. Isroil o‘z dushmanlariga ham, fuqarolariga ham yetkazishga urinayotgan daxlsizlik aurasiga putur yetdi. Dunyoga Isroil mudofaasi faqat Falastin qarshilik kuchlari jangchilari ishlatadigan oddiy raketalarnigina qaytara olishi ma’lum bo‘ldi. Eron, agar xohlasa, Isroilga zarar yetkazish qobiliyatiga ega ekanligini yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi.

AQSh Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, AQSh Eronning o‘z zarbalari uchun "og‘ir oqibatlarga" duch kelishini ta’minlash uchun Isroil bilan hamkorlik qiladi. Bu vaziyat jiddiy tus olishi mumkinligidan darak beradi.

G‘arb rasmiylari Eronning hujumini "xavfli keskinlashuv" deb qoralashmoqda. Biroq ular G‘azodagi bir yillik dahshatli voqealar, Livanga bostirib kirish yoki Isroilning qo‘shni davlatlardagi doimiy suiqasd zarbalari kabi G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlangan keskinlashuvlar haqida lom-mim deyishmayapti.

Eron hujumi haqida bema’ni va qabul qilib bo‘lmaydigan avj olish deb gapirganidan so‘ng, matbuot vakillari Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Millerdan Isroilning so‘nggi uch haftadagi harakatlarini keskinlashuv deb hisoblash-hisoblamasligini so‘radi. Miller kulgili tarzda Isroilning keskin harakatlarini tan olishdan bosh tortib, buning o‘rniga Isroil terrorizmga qarshi kurashish uchun "nizoni kengaytirish choralarini ko‘rdi," dedi.

Isroil Livanga bostirib kirishni boshlaganidan beri ommaviy axborot vositalarida ham xuddi shunday g‘alati so‘z o‘yinlarini ko‘ryapmiz. Ular «bosqinchilik» so‘zini ishlatmaslik uchun sarlavhalarida “reydlar”, "quruqlik hujumi," "quruqlik operasiyasi" va "Isroil Livanga kirdi" kabi iboralarni qo‘llashmoqda. Aynan shu ommaviy axborot vositalari ilgari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini "maxsus harbiy operasiya" deb atashini masxara qilgan edi.

Ha, do‘stlar: Eronning hujumlari "vaziyatni keskinlashtirmoqda"; Isroilning hujumlari esa "nizoni kengaytirmoqda". Livanning hujumlari – «terrorizm»; Isroilning hujumlari "o‘zini himoya qilish". Rossiya «bosqinchilik» qildi; Isroil "cheklangan quruqlik operasiyasi"ni boshladi. G‘azoni vayron qilish – shunchaki "7 oktyabr voqealariga javob"; 7 oktyabr voqealari esa «sababsiz» sodir bo‘lgan. Ular qilsa yomon, biznikalar qilsa yaxshi.

G‘arb imperiyasi bo‘ylab ikki yuzlamachilik avj olgan, chunki g‘arb imperiyasi asli kabi emas. U o‘zini tinchlik va barqarorlik tarafdori qilib ko‘rsatadi, aslida esa urush va hukmronlikni yoqlaydi. U inson huquqlarini himoya qilayotgandek ko‘rinadi, aslida esa zulm va zo‘ravonlikni qo‘llab-quvvatlaydi. U haqiqat va adolat uchun kurashayotgandek tuyuladi, aslida esa yolg‘on va targ‘ibotni ilgari suradi.

Biz mana shunday distopiya ichida tug‘ilganmiz va u bizni tobora juda xavfli yo‘lga boshlab bormoqda. O‘zingizni undan ehtiyot saqlang, azizlar.

Ketlin Jonstoun, tahlilchi

Kiritildi: 16:12 02.10.2024. O'qildi: 8876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!