Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Telegram rekord darajada ko‘p kanallarni blokladi

Telegram rekord darajada ko‘p kanallarni blokladi

Messenjer bu haqda o‘z rasmiy hisobotida ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 13 noyabr kuni Telegram messenjeri 519 645 ta kanal va guruhni blokladi va bu joriy yilning fevralidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu yilning 5 fevralida Telegram 490 433 ta guruh va kanalni bloklagan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon Telegram'da jami 34 mln 913 ming 282 ta guruh va kanal bloklangan, ulardan 207 772 tasi terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq hisoblanadi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2015 yildan beri kanallar va guruhlarni moderasiya qilish foydalanuvchi shikoyatlari hamda avtomatik o‘rganish asosidagi tekshiruv orqali amalga oshiriladi. O‘tgan yilning boshida bu jarayonga sun’iy intellekt yordamidagi moderasiya vositalari ham qo‘shilgan.

Kiritildi: 16:45 14.11.2025. O'qildi: 797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!