Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Telegram'ning 500 million dollarlik obligasiyalari muzlatib qo‘yildi

 Telegram'ning 500 million dollarlik obligasiyalari muzlatib qo‘yildi

Telegram'ning 500 million dollarlik obligasiyalari G‘arb sanksiyalari doirasida Rossiyada muzlatib qo‘yildi — Financial Times.

Messenjerning taxminan 500 million dollarlik obligasiyalari Moskvadagi Milliy hisob-kitob depozitariysida (NSD) G‘arb davlatlarining Rossiyaga qarshi sanksiyalari doirasida bloklandi, deb xabar bermoqda nashr manbalariga tayanib.

Telegram 2021 yildan buyon qiymati 4 milliard dollardan ortiq obligasiyalar chiqarib kelmoqda. Xususan, 2025 yil may oyida kompaniya 1,7 milliard dollarlik qarz qog‘ozlarini joylashtirgan.

Financial Times'ning Telegram rahbariyati va investorlar o‘rtasidagi muzokaralar jarayonidan xabardor manbalariga ko‘ra, hozirgi kunga kelib messenjer 2026 yilda muddati tugaydigan ko‘pchilik obligasiyalarni sotib olgan. Ammo sanksiyalar sababli NSD'da qimmatbaho qog‘ozlarning bir qismi bloklangan.

"Bu Telegram'ning Rossiya kapitaliga qanchalik bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi", deb yozadi Financial Times.

Kiritildi: 19:40 06.01.2026. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!