Pavel Durov Telegram monetizasiyadan so‘ng uch yil ichida birinchi marta daromadga chiqqanini e’lon qildi.
Messenjer asoschisining so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda Telegram Premium foydalanuvchilari soni 12 milliondan oshgan.
«Buning natijasida, 2024 yilda Telegram umumiy daromadi bir milliard dollardan oshdi va yilni kriptoaktivlardan tashqari 500 million dollardan ortiq pul zaxiralari bilan yakunlayapmiz», — deb yozdi Durov o‘zining Telegram kanalida.
Uning fikricha, Telegram «ijtimoiy tarmoqlar mustaqil va foydalanuvchilar huquqlarini hurmat qilgan holda moliyaviy barqarorlikka erisha olishini» namoyon etadi.