Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Telegram ikki yillik Premium obunasini taklif etmoqchi

A A A
Telegram ikki yillik Premium obunasini taklif etmoqchi

Telegram endi ikki yillik Premium obunasini taklif etmoqda. Bu haqda Telegram Info xabar berdi.

Yangi ikki yillik rejani rasmiylashtirish uchun foydalanuvchi bir martalik taxminan $35,89 to‘lashi kerak (ilovalar do‘konlari vositachilik haqini hisobga olmagan holda).

Qayd etilishicha, bu ikki yil davomida yillik obuna yoki oyma-oy Premium to‘lashdan ko‘ra arzonroq.

Tahririyatning aniqlashicha, hozirda ushbu aksiya rossiyalik messenjer foydalanuvchilari orasida amal qilmoqda. Taklif boshqa mamlakatlarga ham tarqatiladimi — hozircha noma’lum.

Premium foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan ikkita cheklangan sovg‘a atigi 15 soniyada sotilgan.

Telegram Premium obunachilari soni uch baravar ko‘payib, 12 mln foydalanuvchiga yetdi, reklamadan tushgan daromad “bir necha barobar” oshdi va messenjerning umumiy daromadi $1 mlrddan oshdi.

Kiritildi: 23:55 03.11.2025. O'qildi: 2307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!