Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

“Telegram”da firibgarlik qilgan “ojiza”ga sud hukmi o‘qildi

“Telegram”da firibgarlik qilgan “ojiza”ga sud hukmi o‘qildi

Sudlanuvchi T.J. qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, o‘zganing mol-mulkini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritib, takroran firibgarlik jinoyatini sodir qilgan. 

Jumladan, u ishonchni suiiste’mol qilish va aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, 2019 yil 01 sentyabr kuni Buxoro shaharida “Telegram”da “Bukhara online shop” guruhini ochib, unda Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan ayollar kiyimlarini arzon narxlarda onlayn tarzda sotilishini e’lon qilib, ushbu guruhga a’zo bo‘lgan fuqaro Z.E. ga o‘zini “Sarvinoz” deb tanishtirib, uning ishonchini suiiste’mol qilgan. Sarvinoz Z.E.ga  Turkiya davlatidan arzon kiyim yetkazib berishni va’da qilib, aldab, oldindan to‘lov sifatida 520 000 so‘m miqdoridagi pullarni plastik to‘lov kartochkasiga to‘lanishiga erishib, jabrlanuvchi Z.E. ga 520 000 so‘mlik moddiy zarar yetkazib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Bundan tashqari, T.J. o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2019 yil 05 sentyabr kuni yana “Telegram” da “Bukhara online shop” guruxini ochib, unda Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan ayollar kiyimlarini arzon narxlarda onlayn tarzda sotilishini e’lon qilib, ushbu guruhga a’zo bo‘lgan fuqaro R.F. ga o‘zini “Sarvinoz” deb tanishtirib, uning ishonchini suiiste’mol qilib, Turkiya davlatidan arzon kiyim yetkazib berishni va’da qilib, aldab, oldindan to‘lov sifatida 300 000 so‘m miqdoridagi pullarni plastik to‘lov kartochkasiga to‘lanishiga erishib, jabrlanuvchi R.F. ga 300 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, takroran firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Shuningdek, T.J. o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirish maqsadida, 2019 yil 05 sentyabr “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida “Bukhara online shop” guruhini ochib, unda Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan ayollar kiyimlarini arzon narxlarda onlayn tarzda sotilishini e’lon qilib, ushbu guruhga a’zo bo‘lgan fuqaro N.N. ga o‘zini “Sarvinoz” deb tanishtirib, uning ishonchini suiiste’mol qilib, Turkiya davlatidan arzon kiyim yetkazib berishni va’da qilib, aldab, oldindan to‘lov sifatida 220.000 so‘m miqdoridagi pullarni plastik to‘lov kartochkasiga to‘lanishiga erishib, jabrlanuvchi N.N. ga 220 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, takroran firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

“O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas” deb bejizga aytishmas ekan. Sudlanuvchi T.J. shu naqlga amal qilib o‘zining jinoiy harakatlarini yana bir bora takroran davom ettirib, 2019 yil 07 sentyabr kuni ishonchni suiiste’mol qilish va aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida “Telegram”da “Bukhara online shop” guruhini ochib, unda Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan ayollar kiyimlarini arzon narxlarda onlayn tarzda sotilishini e’lon qilib, ushbu guruhga a’zo bo‘lgan fuqaro S.SH. ga o‘zini “Sarvinoz” deb tanishtirib, uning ham ishonchini suiiste’mol qilib, Turkiya davlatidan arzon kiyim yetkazib berishni va’da qilib, aldab, oldindan to‘lov sifatida 400 000 so‘m mikdoridagi pullarni plastik to‘lov kartochkasiga to‘lanishiga erishib, jabrlanuvchi S.SH. ga 400 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, takroran firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Sudlanuvchi  T.J. ning foydasiga tushayotgan daromadlaridan  uning nafsi qoniqmay uni yana bir bora jinoyat sodir qilishga unday boshlaydi. Keyinchalik sudlanuvchi T.J. o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2019 yil 10 sentyabr kuni “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida “Bukhara online shop” guruhini ochib, unda yana o‘sha aldov yo‘li yani Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan ayollar kiyimlarini arzon narxlarda onlayn tarzda sotilishini e’lon qilib, ushbu guruhga a’zo bo‘lgan fuqaro S.Z. ga o‘zini “Sarvinoz” deb tanishtirib, uning ishonchini suiiste’mol qilib, Turkiya davlatidan arzon kiyim yetkazib berishni va’da qilib, aldab, oldindan to‘lov sifatida 300 000 so‘m miqdoridagi pullarni plastik to‘lov kartochkasiga to‘lanishiga erishib, jabrlanuvchi Z.O.Sayfidinovaga 300 000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazib, takroran firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Sud, sudlanuvchi T.J. ning aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, qilmishidan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini, oilaviy sharoitini inobatga olib, sudlanuvchi T.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib, qilmishiga yarasha va shaxsiga mos jazo tayinladi.

A.A.JABBOROV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudyasi

                                                                                         

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 12:52 07.02.2020. O'qildi: 3322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!