Bugun 2 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tel-Avivdagi avtobus bekatida noma’lum shaxslar odamlarni otib tashladi

Tel-Avivdagi avtobus bekatida noma’lum shaxslar odamlarni otib tashladi

Tel-Avivning arablar yashaydigan Yaffa mahallasida otishma yuz berdi. Bu haqda Isroil polisiyasi ma’lum qildi , deb xabar beradi The Times of Israel.

Aniqlik kiritilishicha, noma’lum shaxslar tramvay bekati yaqinida odamlarni otib tashlagan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan, yana o‘n kishi yaralangan.

Huquq-tartibot idoralari ehtimoliy terakt haqida xabar bermoqda. Magen Devid Adom tez yordam xizmati otishmada jarohatlangan bir necha kishiga yordam bermoqda.

Isroil matbuotiga ko‘ra, hujumda kamida ikki nafar qurolli kishi ishtirok etgan.

Kiritildi: Bugun 08:23. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!