Tehron Vashington tomonidan Eron ilgari surgan beshta talab bajarilgan taqdirdagina AQSh bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Bu haqda "Fars" agentligi manbaga tayanib xabar bermoqda. Eron agentligining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu talablar muloqotga qaytish uchun "minimal ishonch" hosil qilish doirasida belgilangan.
"Tehron ushbu shartlar amalda bajarilmasdan turib, yangi muzokaralarga kirishish imkoniyati yo‘qligiga ishonchi komil", — deyiladi nashrda.
Eron tomonidan qo‘yilgan 5 ta asosiy shart:
Barcha frontlarda, ayniqsa Livanda urushni tugatish;
Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish;
Eronning muzlatib qo‘yilgan mablag‘larini blokdan chiqarish;
Harbiy harakatlar natijasida yetkazilgan zararni qoplash (kompensasiya to‘lash);
Eronning Ormuz bo‘g‘ozi ustidan suverenitet huquqini tan olish.
Bu shartlar AQShning 14 banddan iborat tinchlik taklifiga javoban ishlab chiqilgan. Tehron ushbu talablarni muzokaralar jarayonini qayta boshlash uchun zarur bo‘lgan minimal kafolatlar deb hisoblamoqda.