Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tehron va Vashington: Yadro muzokaralarida 5-bosqich yakunlandi

Tehron va Vashington: Yadro muzokaralarida 5-bosqich yakunlandi

AQSh va Eron muzokaralarni yakunlab, yangilariga tayyorlanmoqda.

Tehronning yadro dasturi bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal etish yuzasidan AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarning beshinchi bosqichi Rimda uch soatlik maslahatlashuvdan so‘ng yakunlandi. Bu haqda Axios portali muxbiri Barak Ravid o‘z X sahifasida manbalarga asoslanib xabar berdi.

ISNA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning Rimdagi delegasiyasiga tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi, Amerika delegasiyasiga esa prezidentning maxsus vakili Stiven Uitkoff boshchilik qilgan. Maslahatlashuvlar Ummon elchisining qarorgohida o‘tkazildi.

Ummon Tashqi ishlar vazirligi rahbari Badr al-Busaidiy AQSh va Eron yadro masalasi bo‘yicha muzokaralarning beshinchi bosqichida "ma’lum, biroq yakuniy bo‘lmagan natijaga" erishganini ta’kidladi.

"Bugun Rimda Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning beshinchi bosqichi yakunlandi. Unda ma’lum yutuqlarga erishildi, ammo yakuniy natijaga erishilmadi. Umid qilamizki, yaqin kunlarda qolgan masalalar oydinlashtiriladi. Bu esa bizga umumiy maqsadimiz - barqaror va munosib kelishuvga erishish sari ilgari harakat qilish imkonini beradi," - deya yozdi tashqi siyosat idorasi rahbari o‘zining X’dagi sahifasida.

Muzokaralar yakunlangach, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi Eron va AQSh muzokaralarning yangi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotganini va yana "bir-ikki uchrashuvda oldinga siljish"ga umid bildirganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Arakchi Rimda bo‘lib o‘tgan AQSh bilan muzokaralarning 5-bosqichini shu paytgacha o‘tkazilgan barcha muzokaralar orasida eng professional tarzda o‘tganini ta’kidladi.

Kiritildi: 22:04 23.05.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!