Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tehron Trampning tahdidlariga keskin javob berdi: G‘azoda 60 ming kishini qaysi tuzum yo‘q qildi? G‘azodagi shunday keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga kim sababchi bo‘ldi?

Tehron Trampning tahdidlariga keskin javob berdi: G‘azoda 60 ming kishini qaysi tuzum yo‘q qildi? G‘azodagi shunday keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga kim sababchi bo‘ldi?

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi AQSh prezidenti Donald Trampning Islom Respublikasi go‘yoki Yaqin Sharqda "terror tarqatayotgani" haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

"Tramp yana bir bor maksimal bosim siyosatini olib borish niyatida ekanligini tasdiqladi. AQSh prezidenti Isroilning mintaqadagi barcha jinoyatlariga ko‘z yumib, Eronni tahdid sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. Bu sof aldov va tushunchalarni o‘zgartirish bo‘lib, bunda tahdidlar o‘rin almashtirilmoqda. G‘azoda 60 ming kishini qaysi tuzum yo‘q qildi? G‘azodagi shunday keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga kim sababchi bo‘ldi? Qaysi tuzum Falastin atrofidagi hududlarga, jumladan Livan, Suriya va Yamanga hujumlar uyushtirmoqda?" - deya Arakchi jurnalistlarga murojaat qildi.

"Isroil so‘nggi oylarda bosib olgan Suriya hududi maydoni G‘azo sektorining butun hududidan kattaroqdir. Isroil G‘azodagi butun xalqni iqtisodiy qamal ostida ushlab turibdi. Bu haqiqatlarning barchasi e’tibordan chetda qolmoqda, ayni paytda esa, haqiqiy tahdidni unuttirishga urinib, Eronni mintaqa uchun xavf sifatida ko‘rsatishga harakat qilinmoqda. Biroq bu borada ham ular muvaffaqiyatga erisha olmaydilar," deya ta’kidladi diplomat.

Uning aytishicha, "Eron xalqi demokratik, mustaqil va taraqqiy etgan davlat foydasiga o‘z tanlovini qilgan, ammo aynan Qo‘shma Shtatlar uzoq yillardan beri sanksiyalar va tazyiq orqali Eronning rivojlanishiga to‘sqinlik qilib kelmoqda."

Kiritildi: 21:19 14.05.2025. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!