Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tehron AQSh va Isroilga ko‘maklashgan davlatlardan tovon talab qildi

Tehron AQSh va Isroilga ko‘maklashgan davlatlardan tovon talab qildi

Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravani Vashington va Isroilning Tehronga qarshi harbiy harakatlarida ishtirok etgan mamlakatlardan tovon talab qildi.

Mamlakat davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ushbu ro‘yxatga Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Iordaniya kiritilgan.

Iravanining ta’kidlashicha, bu davlatlar xalqaro huquqni buzgan va Islom Respublikasiga yetkazilgan barcha moddiy hamda ma’naviy zararni to‘liq qoplab berishlari shart.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amir Said Iravani AQSh tomonidan Eron portlarining blokada qilinishini mamlakat suverenitetining qo‘pol ravishda buzilishi deb qoralagan edi.

Kiritildi: 19:05 14.04.2026. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!