Bugun, 18 may kuni jurnalist, adib va tarjimon, ko‘plab diniy-ma’rifiy kitoblar muallifi, «Suhbatdosh», «Hayrat» gazetalari asoschisi Ahmad Tursun 72 yoshida olamdan o‘tdi.
«Tong saharda yurtimizning mashhur adiblaridan, iymon-e’tiqod, siyrat va boshqa mavzularda kitoblar, maqolalar yozgan Ahmad Muhammad Tursunning vafot etganlari haqida bir mash’um xabar keldi», – deyiladi Azon.uz sayti telegram kanalida.
Ahmad Muhammad Tursun musulmonlar idorasining «Hidoyat» jurnali, «Fikrat» nashri, «Hilol nashr»da samarali mehnat qilgan.
Ko‘p yillar «Atlas» va «Namangan haqiqati» gazetasida muharrir sifatida ishlagan.
U shuningdek, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab xususiy nashrlar rivojiga katta hissa qo‘shgan jurnalistlardan biri edi.
Ahmad Muhammad Tursun o‘zbekistonlik taniqli diniy ulamo Mubashshir Ahmadning otasi hisoblanadi.
Aniq.uz sayti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.