Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ta’ziya! Farg‘onalik imom-noib Yorqinjon qori Fozilov vafot etdi

Ta’ziya! Farg‘onalik imom-noib Yorqinjon qori Fozilov vafot etdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi taniqli ulamo, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani “Said Ahmadxon hoji” jome masjidi imom-noibi Yorqinjon qori Fozilovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.

"Alloh taolo marhum ulamoni O‘z mag‘firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!

Haq taolo marhum qori domlaning barcha solih amallarini, dinimizga qilgan xizmatlarini, ilm-ma’rifat, ziyo taratish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini husni qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olsin, chekkan dardlarini barcha sahvu xatolariga kafforat qilib, rahmatiga chulg‘asin, qabrlarini jannat bog‘chalaridan qilib, oxiratlarini obod aylasin!

Alloh taolo marhum qori domlaning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Yorqinjon qori Fozilovning oila a’zolari, farzandlari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Kiritildi: 15:39 16.06.2021. O'qildi: 8749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!