Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Ta’ziya! “Dizayn” a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi

Ta’ziya! “Dizayn” a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi

​Bugun o‘zbek san’ati va kulgu olami og‘ir judolikka uchradi. Ko‘plab muxlislar mehrini qozongan, iqtidorli san’atkor, «Dizayn» shou jamoasining a’zosi Dilshodbek Musabekov olamdan o‘tdi.

​Marhum o‘zining betakror hazillari va samimiyligi bilan xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan edi. Uning vafoti nafaqat oilasi, balki butun san’at ahli va minglab muxlislari uchun kutilmagan va katta yo‘qotish bo‘ldi.

​Alloh marhumni o‘z rahmatiga olsin, joylarini jannatdan qilsin. Sabr bersin.

​Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.

Kiritildi: Bugun 17:45. O'qildi: 5380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!