Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Tayvanda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar bor

Tayvanda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar bor

Tayvanda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketib, qulashi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi va 61 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 9.00 da «Dasin» tunnelidagi Xuayalyan okrugida sodir bo‘lgan. Poyezd 350 yo‘lovchiga mo‘ljallangan sakkizta vagondan iborat edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poyezd tunneldagi yo‘llarni toshlardan tozalayotgan uskunalar bilan to‘qnashgan. Natijada ikkinchi va uchinchi vagonlar relsdan chiqib ketgan. Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelgan.

Dastlabki uchta vagondan 60 kishi chiqarilgan, to‘rtinchi va beshinchi vagonlar jiddiy shikastlangan, qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Vagonlar bloklanganligi sababli 72 kishi u erdan chiqa olmayapti.

Voqea sodir bo‘lgan joyda hayot alomatlari bo‘lmagan odamlar ko‘pligi aytilmoqda.

Transport vazirligi ushbu fojeani mamlakatdagi so‘nggi 30 yil ichida sodir bo‘lgan eng dahshatlisi deb atadi.

Halokatda jabrlanganlar zudlik bilan kasalxonalarga joylashtirildi.

 

Kiritildi: 11:10 02.04.2021. O'qildi: 1942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!