“Taxtlar o‘yini”ning so‘nggi mavsumi 2019 yilda «Eng yaxshi drama seriali” nominasiyasiga sazovor bo‘ldi. Los-Anjelesdagi taqdirlash marosimini translyasiyasi «Fox» telekanali tomonidan namoyish etilgan.
Teleseralining sakkizinchi yakuniy mavsumi 2019 yil aprel oyida efirga chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, bu serial 32 kategoriya bo‘yicha «Emmi» mukofotiga da’vogarlik qilgan. 2011 yildan beri qo‘lga kiritilgan nominasiyalarning umumiy soni esa 50 tani tashkil etdi, bu mutlaq rekorddir.
Taxtlar o‘yini Jorj Martinning «Muz va olov qo‘shiqlari» romani asosida suratga olingan amerikalik televizion serial hisoblanadi. Bu fantaziya janridagi eng qimmat loyihaga aylangan. 2016 yilda oltinchi mavsumni suratga olish jarayonida har bir seriyaning narxi 10 million dollarga yetdi.
«Emmi» mukofoti 1949 yildan buyon har yili topshirib kelinadi va «Oskar»ning televizion ekvivalenti hisoblanadi.