Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Taurus raketalari Kiyevga berilmaydi

Taurus raketalari Kiyevga berilmaydi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Kiyevga uzoq masofali Taurus qanotli raketalarini yetkazib berish rejasi yo‘qligini aytdi.

Bu haqda u ZDF telekanali efirida aytib o‘tdi.

"Ayni paytda bu masala kun tartibida emas," - deya uning so‘zlarini keltiradi "TASS."

Mersning ta’kidlashicha, raketalarni yetkazib berish ko‘p vaqt talab qiladi, chunki harbiy xizmatchilarni tizimlarni boshqarish ko‘nikmalariga o‘rgatish kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Fransiya va Buyuk Britaniyadan qanotli raketalar oladi.

Bundan tashqari, kansler Kiyev uchun Taurus'ning ahamiyati bo‘rttirib ko‘rsatilgan, degan fikrni bildirdi.

Kiritildi: 05:04 16.05.2025. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!