Tataristondagi “Zakot” xayriya jamg‘armasi kam ta’minlangan oilalarning madrasada tahsil oladigan farzandlariga bepul taom tarqatishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Tatariston musulmonlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan ilk homiy Qozondagi halol kafelar tarmog‘i “Azu” bo‘ldi.
Hozircha faqatgina dam olish kunlari “Muhammadiya” madrasasi talabalariga taom tarqatilyapti. Xayriya aksiyasini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.