Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan turli xil qonunbuzarliklar sodir etilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, konsulxona o‘zining konsullik okrugiga kiruvchi hududlarida O‘zbekiston fuqarolari bilan sodir bo‘layotgan holatlarni sinchkovlik bilan kuzatib, har biriga aniqlik kiritish, fuqarolarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish va ularni manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan zarur tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
"Olib borilgan surishtiruvlar natijalariga va Rossiya Federasiyasi vakolatli organlari va mutasaddi tashkilotlari tomonidan Bosh konsulxonaning rasmiy so‘rovnomalariga yo‘llangan javoblariga ko‘ra, Tatariston Respublikasi va Samara viloyatida sodir bo‘lgan noxush voqealarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan ushbu jinoyatlar sodir etilmagani ko‘rsatilib, fuqarolarning ishtiroki to‘g‘risidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi, deyiladi xabarda.