22 sentyabr kuni Krasnoyarsk o‘lkasidagi “Korona” banket zalida o‘tkazilgan reyd chog‘ida 8 nafar o‘zbekistonlik migrasiya qonunlarini buzganlikda ayblandi. Ularning 4 nafariga jarima va chiqarib yuborish choralari qo‘llandi, yana 4 nafari vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi.
O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ularga huquqiy yordam ko‘rsatmoqda. Tashqi ishlar vazirligi bunday reydlar qonuniy asosga ega bo‘lishi va madaniy tadbirlarga to‘sqinlik qilmasligi kerakligini ta’kidladi.