Parij Ukraina hududidan Rossiya Federasiyasiga fransuz qurollari bilan zarba berishni ma’qullash bo‘yicha o‘z pozisiyasini o‘zgartirmadi.
Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishiga kelganida ma’lum qildi.
Siz Fransiya prezidenti Emmanuel]Makronning may oyida Germaniyaga safari chog‘ida aytganlarini eshitgansiz. O‘shanda biz ruslar Ukraina hududiga tajovuzni amalga oshirayotgan nishonlarga zarba berishni hal qilishda ushbu variantni ko‘rib chiqishimiz aytildi. Demak, bu masalada yangilik yo‘q" - dedi Barro.
Avvalroq Fransiyaning Le Figaro gazetasi AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatidan Rossiya hududiga ATACMS taktik ballistik raketalari bilan zarba berishga ruxsat berilgani haqidagi maqolasida Fransiya va Buyuk Britaniya o‘zlarining SCALP va Storm Shadow raketalaridan foydalanishga xuddi shunday ruxsat berganini yozgan edi. Biroq, gazeta keyinchalik bu bayonotni o‘z veb-saytidagi maqoladan izohsiz olib tashladi.