Tolonews xabariga ko‘ra, "Tolibon" hukumati Tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy sobiq hukumat qulagandan keyin qo‘shni davlatlar hududiga o‘tgan vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishga chaqirmoqda. U diplomatlar va xorijiy tashkilotlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda quyidagicha ta’kidlagan:
"Biz 4 yil avvalgi siyosiy o‘zgarishlardan keyin vertolyotlarimizni bir qismi o‘tib qolgan qo‘shni davlatlardan ushbu vertolyotlarni afg‘on xalqiga qaytarishini so‘raymiz, shunda ulardan gumanitar operasiyalarda foydalanish mumkin".