G‘olib loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi.
"Ochiq byudjet" portalida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2025-yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Jarayonlarda mamlakatimiz bo‘ylab jami 10 mln 450 mingta ovoz berildi.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2 369 ta loyiha g‘olib deb topildi.