1 iyun kuni Ukraina tomonidan amalga oshirilgan dronlar hujumi natijasida Irkutsk viloyatidagi “Belaya” aerodromida kamida oltita samolyot yo‘q qilingan yoki jiddiy zarar ko‘rgan.
Bu haqda OSINT (ochiq manbali razvedka) tahlilchisi Kris Biggers ma’lum qildi.
Biggers tomonidan e’lon qilingan sun’iy yo‘ldosh suratlaridan birida uchta Tu-95 raketa tashuvchi bombardimonchi samolyoti yo‘q qilingani, yana bittasi esa shikastlangani ko‘rinadi. Tahlilchi e’lon qilgan yana bir suratda uchta Tu-22 samolyoti yo‘q qilingani aks etgan.
Murmansk viloyatidagi “Olenya” aerodromidan olingan tasvirlarga ko‘ra, ikkita Tu-95MS va bitta An-12 samolyoti to‘liq yo‘q qilingan, yana ikkita Tu-95MS samolyoti esa shikastlangan.