Bugun 20 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tarixda ilk bor Yer yuzi bo‘ylab suvning harakatlanish tizimi muvozanatdan chiqdi

Tarixda ilk bor Yer yuzi bo‘ylab suvning harakatlanish tizimi muvozanatdan chiqdi

Insoniyat global suv aylanish tizimini o‘z tarixida birinchi marta muvozanatdan chiqarib yubordi. Ushbu holat o‘sib borayotgan suv inqirozini kuchaytiradi, iqtisodiyotga, oziq-ovqat ishlab chiqarishga va tiriklikka jiddiy zarar yetkazadi. Bu haqda xalqaro yetakchilar va ekspertlardan iborat Global suv iqtisodiyoti komissiyasi hisobot e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, yillar davomida Yerni zararlantirish va suvni noto‘g‘ri boshqarish inson tomonidan yuzaga keltirilgan iqlim inqirozi bilan birga to‘qnash kelib, global suv aylanish tizimiga misli ko‘rilmagan bosim o‘tkazgan.

Suv aylanishi – bu suvning Yer atrofida qanday harakatlanishini tavsiflovchi murakkab tizim hisoblanadi. Suv Yer yuzidan, jumladan, ko‘l va daryolar, o‘simliklar tarkibidan bug‘lanib, atmosferaga ko‘tariladi va u bug‘ holatida uzoq masofalarga “sayohat qiladi”. Keyin esa sovib, kondensasiyalanadi va yomg‘ir yoki qor shaklida yerga qaytadi.

Kiritildi: 23:10 19.10.2024. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!