Shimoliy Koreya askarlari til bilan bog‘liq muammolar sabab rus qo‘shinlarini nishonga olmoqda,deb xabar bermoqda Ukraina razvedkasi
Ukraina razvedkasining xabar berishicha, KXDR harbiylari jang maydonida til bilan bog‘liq muammolarga uchramoqda.
"Ushbu muammo sabab Shimoliy Koreya askarlari "Axmat" deb nomlangan batalyonning mashinalariga “do‘stona o‘q” ochishdi. Natijada sakkiz nafar qodirovchi halok bo‘lgan", deyiladi razvedka bayonotida.
Shuningdek, departamentning yozishicha, 14 dekabr holatiga ko‘ra, Rossiya va Shimoliy Koreya xodimlaridan iborat bo‘linmalarning taxminiy yo‘qotishlari 200 ga yaqin harbiy xizmatchilarni tashkil qiladi.