Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Tariflar va savdo urushlarida g‘oliblar yo‘q"

"Tariflar va savdo urushlarida g‘oliblar yo‘q"

“Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin global savdo urushini jungli qonuni hukmron bo‘lgan muhitga qiyosladi.

“Xalqaro vaziyatning misli ko‘rilmagan o‘zgarishlari global silkinishlar va o‘zgarishlarning yangi davrini boshlab berdi. Tenglik, adolat, o‘zaro manfaat va manfaatdorlik tamoyillariga qat’iy amal qilishgina dunyoda tinchlikni saqlashga va umumiy farovonlikka erishishga mumkinlik beradi. Tariflar va savdo urushlarida g‘oliblar yo‘q”, – dedi u sammitda.

Uning fikricha, proteksionizm, gegemonlikka intilish ham shunday yo‘ldan borayotgan davlatga ham, boshqa davlatlarga ham yo‘qotishlar olib keladi.

“Tarix tegirmonini orqaga burib bo‘lmaydi, faqat oldinga intilish muhim, deb aytganman. Bizga parchalangan dunyo emas, birlashgan dunyo kerak. Insoniyat jungli qonunlariga bo‘ysunmay, balki umumiy taqdirga ega birlik muhitida rivojlanishi kerak”, – dedi Si Szinpin.

Kiritildi: 21:35 17.06.2025. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!