O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Shirin Abdullayevaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
"Intiluvchan, yosh bo‘lishiga qaramay hayotda o‘z o‘rnini topgan qizimiz Shirin Abdullayevaning vafoti barchamizni chuqur qayg‘uga soldi.
Endigina 19 yoshga kirgan qizimiz o‘z iqtidori, mehnati bilan ilmda, san’atda o‘zini namoyon eta olgan umidli yoshlarimizdan biri edi. 2023 yilda san’at yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Xitoyda tahsil olayotgan qizimizning kelajakda O‘zbekistonimiz rivojiga hissa qo‘shish, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash kabi yuksak orzulari bor edi. Ammo, beshafqat o‘lim uni oramizdan olib ketdi.
Shirinning ota-onasi, yaqinlariga chuqur ta’ziyamizni bildiramiz", deb yozdi T.Narbayeva.