Tanzaniya shimolidagi halokatda kamida 25 kishi, jumladan Keniya, AQSh va Janubiy Afrika fuqarolari halok bo‘ldi.
Bu haqda «Agence France-Presse» agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Arusha-Namanga trassasida yuk mashinasi va uchta yo‘lovchi avtomobili to‘qnashib ketishi oqibatida yana 21 kishi jabrlangan.
Tanzaniya prezidenti Samiya Suluxu Hasan baxtsiz hodisa tufayli hamdardlik bildirdi.