Tanzaniya shimolida suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 47 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi Kazinform agentligi BBCga tayanib.
Prezident Samiya Hasan qutqaruv ishlariga yordam berish uchun milliy xavfsizlik kuchlarini yuborgan Xanang tog‘i etagida 47 kishi halok bo‘ldi, 80 kishi yaralandi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli uylar va infratuzilma ham shikastlangan.
Toshqinlar Tanzaniyadagi eng jiddiy tabiiy xavf hisoblanadi va har yili o‘n minglab odamlarga ta’sir qiladi.
Tanzaniyada o‘tgan oy kuchli yog‘ingarchilik poytaxt Dar As Salom va boshqa hududlarda o‘lim va vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi.
Mamlakatning ayrim hududlarida ekinlar yuvilib, odamlarning turmush sharoitiga ta’sir ko‘rsatdi.
2023 yilda Sharqiy Afrika qisman El-Ninyo iqlim fenomeni sabab bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilardan qattiq zarar ko‘rdi.
Tanzaniya meteorologiya agentligi yomg‘irning bu oyda davom etishi haqida ogohlantirdi.