Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tanzaniyada 2ta avtobus yonib ketdi

Tanzaniyada 2ta avtobus yonib ketdi

Tanzaniyaning Kilimanjaro viloyatidagi ikkita avtobus o‘rtasidagi dahshatli to‘qnashuvda kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xinhua xabar berdi.

Hodisa 28 iyun kuni Same tumanida yuz bergan. Tanga viloyatiga ketayotgan yo‘lovchi avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda, ya’ni Samedan Moshiga ketayotgan mikroavtobus bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng ikkala avtobusda ham yong‘in chiqqan

Voqea joyidan 40 ta jasad topilgan, 23 nafar jarohatlanganlar esa zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Qutqaruv va qidiruv ishlari davom etmoqda, degan Kilimanjaro mintaqaviy yong‘in-qutqaruv qo‘mondoni Jeremiah Mkomagi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobuslardan biridagi yo‘lovchilar to‘yga ketayotgan bo‘lgan. Avtohalokatdan so‘ng voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, polisiya va tibbiyot xodimlari jalb etilgan.

Kiritildi: 23:05 29.06.2025. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!