Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

"Tanish-bilishchilik va g‘irromni yo‘q qilish kerak": xalq Saida Mirziyoyevaga qanday takliflar bildirdi?

"Tanish-bilishchilik va g‘irromni yo‘q qilish kerak": xalq Saida Mirziyoyevaga qanday takliflar bildirdi?

Prezident administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva kecha 20 aprel kuni Bo‘ka tumaniga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu tashrif prezidentning 5ta tashabbusi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatish va ularda ishtirok etish maqsadida amalga oshirilgan edi. Tashrif so‘ngida Saida Mirziyoyeva Facebookda xabar yozib, uning so‘ngida Bu borada o‘z taklif va mulohazalaringizni bersangiz , - degan edi.

Shundan so‘ng, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o‘rinbosariga ko‘plab takliflar bildirildi. Quyida ushbu takliflardan eng dolzarblarini keltiramiz:

Dima Qayum: Maktablarni tabaqalashtirmay hammasiga bir xil sharoit qilish kerak. Qishloqlarga kutubxonalar zarur!

Kamila Zaxidova: Maktablarga ikkichi, xuligan va beta’sir o‘quvchilarga, ota-onalarning o‘quv jarayoniga aralashishiga qarshi chora qo‘llash huquqi beringlar. Bo‘lmasa, o‘quvchining yomon o‘qishi uchun o‘qituvchilar jazolanyapti. Shu sabab ko‘p o‘qituvchilar maktabdan ketishga majbur bo‘lishyapti. Ularning o‘rniga esa o‘tkinchi o‘qituvchilar kelmoqda.

Ulug‘bek Odil: Maktablarda makulatura, temir-tersak yig‘ishni uzil-kesil bas qilish kerak. Olimpadalardagi korrupsiya (poraxo‘rlik, tanish-bilishchilik va boshqa g‘irrom variantlar)ni yo‘q qilsa bo‘ladimi bizning asrda?

Botirjon Shermuhammad: Maktab programmasiga to‘g‘ri nafas olish, oratorlik sirlari kabi hayotda foyda beradigan kurslar kiritilishi kerak. Quruq yodlashni kamaytirib, tahliliy fikrlash ustida ishlash kerak.

Ulug‘bek Xusainov: Saidaxon, siz Toshkentni emas, respublika bo‘ylab boshqa viloyatlardagi qishloq maktablariga borib ahvolni ko‘ring. Ogohlantirishsiz borgan ma’qul, prezidentimiz borganda berkitib ahvolni yashirib usti yaltiroq ob’ektlarnigina ko‘rsatishadi. Siz aksincha yomon ahvoldagi qarovsiz qolgan maktab va shu kabi muassasalarni ko‘rsating davlat rahbariga.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan 5ta tashabbus yoshlarni musiqa, rassomlik va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, jismoniy chiniqtirishga, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Undan tashqari yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashni nazarda tutadi.

Kiritildi: 14:54 21.04.2019. O'qildi: 3021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!