Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Taniqli siyosatchi san’atkorlarning Islom Karimov davrini tanqid qilayotganiga munosabat bildirdi

Taniqli siyosatchi san’atkorlarning Islom Karimov davrini tanqid qilayotganiga munosabat bildirdi

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov taniqli san’atkorlarning Islom Karimov davrini tanqid qilayotganiga munosabat bildirdi.

"Ko‘pchilik “Karimov davrida ko‘p narsalarga erishgan taniqli shaxslar, bugun uni tanqid qilishmoqda” degan e’tiroz bildirishmoqda. Bu tanqidlar – vaziyatni umumiylashtirish hisoblanadi. Haqiqatda, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Matyoqub Matchonov va boshqalar Karimov davrida ko‘zga ko‘ringan san’at arboblari edi.

Lekin, jamiyatimiz, odamlar Karimov davridagi o‘yin qoidasini to‘liq anglashi, buni unutmasligi kerak. Karimov davrida, nafaqat sanatkorlar, balki davlat arboblari ham misli ko‘rilmagan bosim ostida edi. O‘sha vaqtlarda ham Karimovning ishonchida bo‘lgan, katta mulozim bo‘lib ishlab turgan odamlar, xaftasiga, oyiga kamida bir-ikki marta podvallarga tushib chiqishardi. Bu – sof Stalincha boshqaruv edi. Muttasil qo‘rqitish, va vaqti-vaqti bilan mukofotlash...

Yulduz Usmonova qanchalik “Gulisan” deb kuylamasin, u O‘zbekistondan chiqarib yuborildi. Bir vaqtlar opani o‘zi “yurtfurushlar, tuprog‘ingga zor bo‘ladi” deb kuylagan edi, va ko‘p yillar o‘zi Turkiyada yashashga majbur bo‘ldi. Ozodbek Nazarbekov ham, Matyoqub Matchonov va boshqalar ham, Karimov davrida tanilgani, davlat mukofotlari va lavozimlar olgani rost. Lekin, bu davrdagi qo‘rquv muhiti, odamlarning bir-biriga ishonmasligi, total nazorat tizimi, kechga borib nima bo‘lishini hech kim bilmasligi – davlat siyosatining odati edi.

Bugun vaziyat biz istagan darajada huquqiy, liberal emas. Davlat koridorlarida, jamiyatda, odamlarning tafakkurida kurash ketayapti. Lekin, bugun odamlar ijtimoiy tarmoqlarda bemalol hokimiyatni tanqid qilayapti. Kelajakda, odamlar hukumatni rasmiy OAVlarida, TV kanallarida tanqid qila olishlari kerak.

Lekin, ijtimoiy tarmoqlarda ham qo‘rqmasdan, ommaviy tanqid qilish asosida bitta ishonch bor – ya’ni, "men hokimiyatni tanqid qilaman, va buning uchun menga hech narsa bo‘lmaydi!" degan ishonch. Bu ishonch, aslida, ikkinchi ma’muriyat uchun katta yutuq, tarixiy tan olish hisoblanadi".

Kiritildi: 13:42 25.03.2023. O'qildi: 23423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!