“Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-76-son, 05.05.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonning asosiy maqsadi ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash mexanizmlarini belgilash hamda ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifatini oshirishdir.
🏛 Farmonga ko‘ra, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi (Agentlik) tashkil etiladi.
✅ Agentlik mazkur sohada maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
📝 Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (ta’lim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tkazadi. Bunda:
🔹 kompleks davlat akkreditasiyasi har 5 yilda ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o‘tkaziladi;
🔹 maxsus davlat akkreditasiyasi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilayotgan ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin o‘tkaziladi.
📃 Shuningdek, Agentlik ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligini o‘rganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi.
❗️Yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi
🔰 Farmonga ko‘ra, (https://t.me/huquqiyaxborot/17932) 2025 yil 1 iyuldan yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
🔹 1-bosqichda faoliyatni boshlash uchun o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari o‘rnatilgan tartibda lisenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlari xabardor qilish tartibida tashkil etiladi;
🔹 2-bosqichda ta’lim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tkaziladi. Bunda:
▪️ maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim oluvchilarni o‘qishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
▪️ maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tmasdan qabul jarayonini amalga oshirish lisenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi va ta’lim tashkilotiga berilgan lisenziyaning bekor qilinishiga asos bo‘ladi.