Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Ta’lim sifatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha katta islohotlarni boshlaymiz" - Mirziyoyev

A A A
"Ta’lim sifatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha katta islohotlarni boshlaymiz" - Mirziyoyev

Davlatimiz rahbari o‘qitish metodikasi, darsliklar, partadan tortib, binosigacha to‘liq qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Muallimlarga munosib sharoitlar yaratiladi, ularning bilim va malakasi, dars o‘tishiga talab ham tubdan kuchaytiriladi.

"Barcha darajadagi hokimlar bir narsani chuqur anglab yetishi kerak - bugundan “hokimlarning maktabga e’tibor qilish besh yilligi” boshlanadi", dedi Prezident.

Tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab ta’limini isloh qilish kengashlari tuziladi.

"Respublika kengashiga shaxsan o‘zim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh bo‘ladi.

Nima uchun, kengashlar qilyapmiz? Chunki bu ishlarni, albatta xalqimiz bilan, keng jamoatchilik bilan kengashib, ularning fikrlari asosida amalga oshiramiz. Har bir yangilikni o‘qituvchilar, mutaxassislar, ota-onalar bilan bamaslahat kiritamiz", dedi Prezident.

Kiritildi: 17:45 28.01.2022. O'qildi: 2259 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!