Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Talabalarga diplom ishi yozish o‘rniga startap qilish imkoni berildi

A A A
Talabalarga diplom ishi yozish o‘rniga startap qilish imkoni berildi

Prezident qarori bilan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi hamda rasionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertasiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi.

Qayd etilishicha, hujjatga muvofiq agar talabada biror startap yoki rasionalizatorlik g‘oyasi bo‘lsa, unga yana qayta diplom ishi yozish talabi qo‘yilmaydi.

Ma’lumot uchun, startap — endigina boshlanayotgan, ishga tushirilayotgan innovasion loyiha demakdir. Rasionalizatorlik g‘oyasi — texnika vositalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, mashina detallari, tayyor mahsulot va boshqalarni takomillashtirishga doir yangi texnik yechim va taklif.

Manba.

Kiritildi: 12:08 08.07.2023. O'qildi: 2311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!