Talabaga hisoblangan stipendiyalar haqida my.gov.uz portali orqali ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Buning uchun my.gov.uz portaliga kirib, «Ta’lim» bo‘limidan «Stipendiya haqida ma’lumot» xizmatini tanlang.
Kerakli davrni tanglang va ushbu davr bo‘yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma’lumotga ega bo‘ling.
Shuningdek, ushbu xizmatdan talabalar HEMIS axborot tizimi orqali ham foydalanishlari mumkin.
Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘qishni tugatgan yoki talaba bo‘lmagan shaxslar uchun stipendiya ma’lumotlari mavjud emas.
Stipendiya ma’lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.