Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Taksi haydovchisi lisenziya talabnomasida ko‘rsatgan hududda hech qanday cheklovsiz faoliyat yurita oladi

Taksi haydovchisi lisenziya talabnomasida ko‘rsatgan hududda hech qanday cheklovsiz faoliyat yurita oladi

Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 fevraldagi PQ–78-son qarori va 2025 yil 2 apreldagi Vazirlar Mahkamasining 200-son qarori asosida quyidagi tartib joriy etildi:

✅Lisenziya, transport vositasi qayerda ro‘yxatdan o‘tganidan qat’i nazar, haydovchi tanlagan faoliyat hududi bo‘yicha beriladi.

✅Haydovchi lisenziya olib, tanlangan hududda va unga tutash hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri) faoliyat yuritishi mumkin.

✅Avtomobilning davlat raqami qayerda ro‘yxatdan o‘tganiga qarab lisenziya berish shart emas.

📌Ushbu qaror kuchga kirgandan so‘ng, bugungi kunga qadar 5 196 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga boshqa hududda faoliyat yuritish huquqini beruvchi lisenziya varaqasi berilgan.

Kiritildi: 22:25 13.06.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!