Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Tailanddan uchib kelgan 2 yo‘lovchi Toshkentga qariyb 7 kg mefedron olib kirishga urindi

Tailanddan uchib kelgan 2 yo‘lovchi Toshkentga qariyb 7 kg mefedron olib kirishga urindi

Giyohvand moddalar vino shishalari va plastik idishlarda yashirilgan.

Bangkokdan uchib kelgan ikki nafar yo‘lovchi Toshkent xalqaro aeroportida qariyb 7 kilogramm mefedron giyohvandlik moddasini noqonuniy olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi. Bojxona xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida taqiqlangan moddalar maxsus usulda yashirilgani aniqlandi.

Qonunbuzarlar giyohvandlik vositalarini bojxona nazoratidan yashirish maqsadida vino shishalari va plastik idishlar ichiga joylashtirishgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kiritildi: 17:53 12.08.2026. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!