Tailandning Lopburi provinsiyasidagi hayvonot bog‘idan 300ga yaqin maymun qochib ketdi. Bu haqda Bangkok Post nashri xabar berdi.
Hodisa 16 noyabr kuni kechqurun Pho Khao Ton maymun bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, qafas inshootni silkitayotgan maymunlarning bosimiga dosh bera olmagan, buning natijasida hayvonlar qochib chiqib ketgan.
Qochib ketgan hayvonlar do‘konlar va mahalliy aholining uylariga kirib ketishgan. Ular shuningdek, temir yo‘l vokzalini va polisiya bo‘limini egallab olishdi. Maymunlar o‘zlari topgan barcha oziq-ovqatlarni olib, shahar bo‘ylab tarqalib ketishdi.
Ta’kidlanishicha, ertasi kuni 40 ga yaqin maymunning o‘zlari odatdagi ovqatlanish vaqtida ovqat uchun qo‘raga qaytishgan. Tailandning Milliy bog‘lar, yovvoyi tabiat va o‘simliklarni muhofaza qilish departamenti qolgan maymunlarni qo‘lga olish uchun xodimlarni yubordi.