Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tailand xorijiy sayyohlar uchun mamlakatda vizasiz bo‘lishni qisqartirmoqchi

Tailand xorijiy sayyohlar uchun mamlakatda vizasiz bo‘lishni qisqartirmoqchi

Tailand xorijiy sayyohlar uchun mamlakatda vizasiz bo‘lish muddatini 60 kundan 30 kungacha qisqartirishni rejalashtirmoqda

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Sixasak Pxuangketkeou ma’lum qildi.

"Bizningcha, 60 kun juda uzoq muddat bo‘lishi mumkin va asl sayyoh bo‘lmagan ayrim shaxslar vizasiz rejimdan noqonuniy maqsadlarda foydalanmoqda. Biz nazoratni kuchaytirishni istaymiz", — deya ta’kidladi u.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, vizasiz mamlakatda bo‘lish muddatini qisqartirish bo‘yicha taklif avvalgi ma’muriyat davrida tayyorlangan edi, biroq uni ko‘rib chiqish saylovlar sababli qoldirilgan. Mutasaddi idoralar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan, ammo TIV rahbarining qayd etishicha, tashabbusning qabul qilinishida hech qanday muammo kutilmayapti.

Kiritildi: Bugun 13:29. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!