Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tailand va Kamboja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Tailand va Kamboja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Tailand va Kamboja delegasiyalari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilgan muzokaralarda darhol va shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim ma’lum qildi.

🗣 «Kamboja va Tailand quyidagilar yuzasidan umumiy tushunuvga erishdi: birinchidan, darhol va shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish, bu 2025 yil 28 iyul soat 00:00 da, ya’ni shu kechasi mahalliy vaqt bilan kuchga kiradi», — dedi Anvar Ibrohim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirganidan keyingi kuni har ikki mamlakatning harbiy vakillari «norasmiy uchrashuv» o‘tkazadi.

24 iyul kuni ikki davlat chegarasidagi nazorat qilinmagan hududlarda qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi. Har ikki tomon ham qurbonlar va yaralanganlar, jumladan fuqarolar orasida ham, borligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:57 28.07.2025. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!