Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi janglar dengizbo‘yidagi kurortlarga yaqinlashdi — OAV

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi janglar dengizbo‘yidagi kurortlarga yaqinlashdi — OAV

Mojaroning dastlabki kunlarida to‘qnashuvlar bu ikki davlat o‘rtasidagi chegara chizig‘ining shimoliy qismida kuzatilayotgan edi. Endilikda mahalliy ommaviy axborot yangi janubiy front ochilgani haqida xabar bermoqda.

Janglar Tailandning dengizbo‘yidagi Trat va Chantxaburi provinsiyalarida olib borilmoqda. Bu hududlar Bangkokdan atigi 200 km, mashhur Pattaya kurortidan esa 150 km uzoqlikda joylashgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kambodja armiyasi Trat provinsiyasida davlat chegarasini yorib o‘tishga uringan, biroq Tailand kuchlari ularni orqaga qaytargan. Tailand buning uchun o‘zining harbiy-dengiz kuchlarini ham safarbar qilgan.

Preahvihea ibodatxonasi atrofidagi bahsli hudud sabab Tailand va Kambodja o‘rtasida yuzaga kelgan navbatdagi harbiy to‘qnashuvlar natijasida hozirgacha 30 ga yaqin kishi halok bo‘lgan. Chegaraoldi hududlardan taxminan 130 ming kishi evakuasiya qilingan.

Kiritildi: 20:25 26.07.2025. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!