Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Tailand va Kambodja hukumati chegarada o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini ma’lum qildi.
Bu haqda Malayziyaning Bernama agentligi ma’lum qildi.
"Anvar Ibrohim ikkala davlat ham kelishuvga erishganini, biroq askarlari chegarada turgani uchun qo‘shinlarni olib chiqish uchun biroz vaqt so‘raganini aytdi", — deyiladi agentlik xabarida.